menu
menu

Silk Road Finance & Technology Forum 2026

Offline

Planned

Birinchi marta o'tkaziladigan Silk Road Finance & Technology Forum 2026-yil 24-26-avgust kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Uni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Singapur Pul-kredit boshqarmasi ko'magida tashkil etilgan xalqaro notijorat tashkiloti bo'lmish Global Finance & Technology Network (GFTN) birgalikda o'tkazadi. ANT International hammuassis sifatida qo'shiladi. Sessiyalar Toshkentdagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) va Islom sivilizatsiyasi markazida o'tkaziladi. Dastur yo'nalishlari - Zarkaynar — fintex ekotizimini shakllantirish - Silk Road Corridor — Markaziy Osiyoni dunyo bilan bog'lash - Saroy — umumiy infratuzilma orqali raqamli moliyani kengaytirish - Observatory — raqamli aktivlarning yangi ufqlari - Madrasah — yangi avlodni qo'llab-quvvatlash - Azimuth — raqamli islom moliyasi, shariat boshqaruvi va suveren kapital Uch kunlik dastur ochiq banking, raqamli aktivlar va stabilkoinlar, transchegaraviy to'lovlar, islom moliyasi hamda innovatsiyalar va investitsiyalarga qaratilgan. Kutilayotgan ishtirokchilar orasida markaziy banklar raislari, davlat amaldorlari, taraqqiyot institutlari, investitsiya fondlari, texnologiya kompaniyalari hamda Markaziy Osiyo, Fors ko'rfazi, Yevropa va Osiyodagi moliya tashkilotlari bor. Forum O'zbekistonning fintex sohasiga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 5 000 dan ortiq mutaxassisni tayyorlash va 200 dan ortiq bozor ishtirokchisini litsenziyalash maqsadi atrofida shakllantirilgan. Ro'yxatdan o'tish rasmiy saytda ochiq.

image

Start Date:
24.08.2026 07:00

End Date:
26.08.2026 16:00

image

Registration Opened:
till 02.08.2026 03:00

Organized by Central Bank of the Republic of Uzbekistan & Global Finance & Technology Network (GFTN)

Language: en

Cost: free

#Hackathon

Event website
Add to calendar: 📅 Google 🍏 Apple / .ics
Silk Road Finance & Technology Forum 2026