O'zbekistonlik Cerberus startapi Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 finalida g'olib bo'ldi
O'zbekistonlik kiberxavfsizlik startapi Cerberus Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 ning mintaqaviy finalida g'olib chiqdi va 2026-yil 13-15-oktabr kunlari San-Fransiskoda bo'lib o'tadigan global Startup Battlefield 200 da bellashish huquqini qo'lga kiritdi. Cerberus korporativ IT tizimlaridagi zaifliklarni avtomatik aniqlaydigan, xavfsizlik tekshiruvlarini avtomatlashtiradigan va sun'iy intellekt agentlarining harakatlarini belgilangan chegaralar ichida ushlab turadigan, sun'iy intellektga asoslangan xavfsizlik vositalarini yaratadi. Kompaniya 2026-yil boshida 500 Global'dan investitsiya jalb qilgan edi. To'liq natijalar: 1-o'rin — Cerberus (O'zbekiston): 50 000 dollar va 50 000 dollarlik OpenAI API kreditlari 2-o'rin — WeGlobal AI (Qozog'iston): 30 000 dollar va 30 000 dollarlik API kreditlari 3-o'rin — LOOQ (Yaponiya): 20 000 dollar va 20 000 dollarlik API kreditlari Tanlovga 39 mamlakatdan 726 ta ariza tushdi. Mintaqaviy finalga 22 ta startap yo'llanma oldi, ulardan oltitasi O'zbekistondan — Cerberus, MoliyAI, Sino AI, Deepen, Fermopolis va Oqim App. Sovrin jamg'armasi Astana Hub Ventures, IT Park Ventures va Silkroad Innovation Hub tomonidan moliyalashtirildi.
13 Aug 2026