AMC Bridge IT o'quv dasturini O'zbekiston hududlariga yoymoqchi
IT Park Uzbekistan 2022-yildan beri mamlakatda faoliyat yuritayotgan dasturiy ta'minot ishlab chiqish va injiniring yechimlari kompaniyasi — AMC Bridge bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi. Asosiy mavzu AMC Bridge'ning IT mutaxassislarini rivojlantirishga qaratilgan ichki dasturi bo'ldi. Kompaniya bu tashabbusni kengaytirish, ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish va uni Toshkentdan tashqari hududlarga ham yoyish niyatida bo'lib, shu yo'lda ko'mak olish uchun IT Parkka murojaat qilgan. Shuningdek, IT Park ingliz huquqi tamoyillari asosida qurilgan maxsus huquqiy rejim — Enterprise Uzbekistan haqida taqdimot qildi. Bu rejim xalqaro texnologiya kompaniyalarining O'zbekistondagi faoliyatini kengaytirishini osonlashtirishga qaratilgan.
08 Oct 2026